AQSHda qadimgi Pterozavr qoldiqlari topildi
Paleontologlar Arizona shtatida eng qadimgi pterozavr qoldiqlarini topdi, deyiladi Smitson instituti tarqatgan matbuot bayonotida.
– Institut tadqiqotchilar guruhi Shimoliy Amerikada dinozavrlar bilan birga yashagan eng qadimgi qanotli sudraluvchi - pterozavrni topdi, - deb yozilgan rasmiy xabarnomada.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qazilma qoldiqlari Trias davriga (taxminan 209 million yil avval) tegishli. Ular Qo‘shma Shtatlarning “Petrified forest” milliy bog‘idagi qatlamdan topilgan.
Nashrga ko‘ra, qadimshunoslar jamoasi hammasi bo‘lib, 1200 ta toshga aylangan qoldiqlarni topgan. Ular orasida zamonaviy qurbaqalarning ajdodlari qoldiqlari, shuningdek, qadimgi toshbaqalar ham bor edi.
S.Rahimov, O‘zA