AQSH Xitoydan robot importiga cheklovlarni kuchaytirmoqchi
AQSH Savdo vazirligi milliy xavfsizlikka tahdidlar tufayli Xitoydan robot importiga yangi cheklovlar qo‘yishni rejalashtirmoqda, deb xabar tarqatdi “Politico” nashri o‘z manbalariga tayanib.
Ta’kidlanishicha, Savdo vazirligi hozirda XXR hukumatidan subsidiyalar oladigan xitoylik robot ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini baholamoqda. Qo‘shma Shtatlar ma’muriyati Pekinning ushbu sohani qo‘llab-quvvatlashini milliy xavfsizlikka tahdid sifatida ko‘rib chiqmoqda, chunki “subsidiyalangan robotlar global bozorlarni egallab olishlari mumkin”.
Nashr manbalariga ko‘ra, AQSH hukumati nazarida, sun’iy intellekt chiplaridan tashqari, robototexnika Xitoy bilan texnologik raqobatdagi keyingi “jang maydoniga” aylangan.
Xabarlarga ko‘ra, mamlakat savdo vaziri Govard Lutnik AQSHning yetakchi robototexnika kompaniyalari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Ular orasida “SpaceX”, “Boston Dynamics”, “Siemens”, “Rockwell Automation” hamda “JPMorgan Chase” va “Goldman Sachs” korporatsiyalari vakillari ham bor edi.
S.Rahimov, O‘zA