AQSH va Markaziy Osiyo mamlakatlari muhim minerallar bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
10-iyun kuni Ostonada C5+1 muhim minerallar muloqoti ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Amerika delegatsiyasiga Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha Prezidentning maxsus elchisi Serjio Gor boshchilik qildi. Tomonlar strategik xom ashyo, qazib olish sohasiga investitsiya kiritish va barqaror ta’minot zanjirini mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Sanoat, energetika va texnologiyada muhim minerallar roliga alohida e’tibor qaratildi.
Gor Qo‘shma Shtatlarning Markaziy Osiyo bilan aloqalarni kengaytirish niyatini bildirdi va mintaqani strategik ahamiyati ortib borayotgan muhim hamkor deb atadi. Shuningdek, AQSH Taraqqiyot moliya korporatsiyasi (DFC) istiqbolli savdo yo‘li sifatida O‘rta yo‘lakni rivojlantirishni o‘z ichiga olgan holda, qazib olish sanoati, telekommunikatsiya va infratuzilmaga investitsiya kiritish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ham e’lon qildi.
S.Rahimov, O‘zA