AQSH Polshadan "Patriot" batareyasini Yaqin Sharqqa o‘tkazishni so‘ramoqda
AQSH Polshadan “Patriot” raketaga qarshi mudofaa tizimi batareyasini Yaqin Sharqqa o‘tkazishni talab qilmoqda, deb xabar tarqatdi “Rzeczpospolita” nashri.
Varshava hali bu ma’lumotga rasman izoh bermagan.
Hozir Polsha armiyasida 16 uchirish moslamasi va taxminan 600 raketadan iborat ikkita “Patriot” batareyasi mavjud.
28-fevral kuni AQSH va Isroil Erondagi nishonlarga zarba berishni boshlagan. Bunga javoban, Islom Respublikasi Isroil hududiga, shuningdek Yaqin Sharqdagi Amerika harbiy inshootlariga zarba bermoqda.
S.Rahimov, O‘zA