AQSh JCH–2026 translyatsiyalarini noqonuniy namoyish qilgan 1000 dan ortiq sayt domenini musodara qildi
Xabarlarga ko‘ra, ushbu saytlar JCH–2026 final bosqichi uchrashuvlarini huquq egalarining ruxsatisiz efirga uzatgan va mualliflik huquqlarini buzgan.
AQSh hukumati JCH–2026 uchrashuvlarini noqonuniy translyatsiya qilgan saytlarga qarshi keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazdi. Bu haqda mamlakat Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra, 1000 dan ortiq domen AQSh mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchiligini buzgan holda FIFA Jahon chempionati o‘yinlarini ruxsatsiz namoyish etgani sababli musodara qilingan.
Xabarlarga ko‘ra, ushbu saytlar JCH–2026 final bosqichi uchrashuvlarini huquq egalarining ruxsatisiz efirga uzatgan va mualliflik huquqlarini buzgan.
Domenlarni musodara qilish uchta alohida operatsiya doirasida amalga oshirilgan. Shulardan biri iyun oyi oxirida o‘tkazilib, uning davomida 400 ga yaqin internet resursi faoliyati to‘xtatilgan.