AQŞ Isroilga harbiy yordamni töxtatadi(mi)?
Oq uy rahbari Donald Tramp 2027-yildan boşlab Isroilga har yili ajratiladigan qariyb 4 milliard dollarlik harbiy yordamni töxtatiş rejasini maʼlum qildi.
Qöşma Ştatlar yetakçisi mazkur qarorni Isroilga yordam ajratilişiga qarşi çiqayotgan siyosatçilar tanqidi bilan izohlagan. Uning aytişiça, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu bu masalani bir neça yildan buyon muhokama qilib kelgan.
Hozirgi kelişuv 2016-yilda Barak Obama prezidentligi davrida imzolangan bölib, 2028-yilgaça 10 yil davomida 38 milliard dollarlik harbiy yordam körsatişni nazarda tutadi.
Bu bayonot Fors körfazidagi keskinlik yana kuçaygan paytga töğri keldi. Amerika harbiylari Hurmuz böğozida “Zenit” raketalari bilan harakatlanayotgan Eron nişonlariga qarşi mudofaa zarbalari bergan.
Eron davlat televideniyesi Qeşm orolida portlaşlar yuz berganini xabar qildi. Islom Respublikasi parlamenti spikeri va muzokaralardagi boş vakil Muhammad Boqir Qolibof esa Tehron Vaşingtonga “qatʼiy va oqilona javob” qaytarganini bildirib, yangi nizoning oldini oliş endi AQŞga boğliqligini aytdi.
Musulmon Ziyo, ÖzA