AQSH fuqarolariga Eronni darhol tark etish tavsiya qilindi (+video)
AQSHning Tehrondagi virtual elchixonasi amerikaliklarga Eronni darhol tark etishni tavsiya qildi, deb xabar berdi DW agentligi.
Bu xabarni bir qator xalqaro axborot nashrlari ham tarqatdi. E’lonning asosiy manbai, AQSHning Erondagi virtual elchixonasi ekanligi aytilmoqda.
Bayonotda mamlakatdan chiqishni Armaniston yoki Turkiya orqali amalga oshirish va bu jarayonda hukumat yordamiga tayanmaslik maslahat berilgan. Shuningdek, parvozlar bekor qilinishi yoki kechiktirilishi mumkinligi ham eslatilgan.
Eronda qolayotgan fuqarolarga xavfsiz joy topish, oziq-ovqat va dorilar zaxira qilish, namoyishlardan uzoq turish va atrofga e’tiborli bo‘lish tavsiya qilingan. Shuningdek, oila va do‘stlar bilan aloqada bo‘lish ham muhimligi qayd etiladi.
AQSHning Eron bilan diplomatik aloqalari yo‘q va shu sababli bayonotda amerikaliklar bu yerda qo‘lga olinishi yoki qamalish xavfi ostida ekanligi eslatilgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FaFYaiX41iA" title="AQSH fuqarolariga Eronni darhol tark etish tavsiya qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Iskandar Ismatov, O‘zA