AQŞ Eronning Keşm oroliga zarba berdi
AQŞ Hurmuz böğozidagi Eron nişonlariga zarba berdi. Amerikalik rasmiy vakil bildirişiça, uşbu harbiy amaliyot Amerika obʼektlariga zenit raketasi bilan hujum qilgan kuçlarga qarşi mudofaa maqsadida ötkazilgan. Islom Respublikasi ommaviy axborot vositalari esa Keşm orolida 5-marta portlaş sodir bölganini xabar qildi.
Harbiy harakat Vaşington va Tehron örtasidagi muzokara jarayonida siljiş kuzatilayotgani haqidagi bayonotlardan bir neça soat ötib yuz berdi. Prezident Donald Tramp kelişuvga erişiş imkoni borligini aytdi. Eron taşqi işlar vaziri Abbos Arağçiy esa Qatar va Pokiston vositaçiligida bilvosita muzokara davom etayotganini maʼlum qildi.
Zarbalar AQŞ Kongressiga oraliq saylov arafasida amalga oşirildi. Eron bilan uruş mamlakatda siyosiy bahsni kuçaytirgan, mojaroning iqtisodiy oqibati esa jamoatçilik noroziligiga sabab bölmoqda.
Musulmon Ziyo, ÖzA