AQSH-Eron ziddiyati: sulh muddati uzaytirildi
Oq uy rahbari Donald Tramp Eron bilan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi noma’lum muddatga uzaytirilganini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror Pokiston rahbariyatining iltimosiga binoan qabul qilingan bo‘lib, yangi muzokaralar uchun imkoniyatlar yaratishi mumkin.
Islomobod ikkinchi bosqich muzokaralarini tashkil etishga harakat qilmoqda, ammo jarayon hali ham noaniqligicha qolmoqda. Eron tomoni hozircha rasmiy javob bermagan, shu bilan birga Vashingtonning harakatlarini tanqid qilib, muzokaralar bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmaganini bildirgan.
Vaziyat jahon bozorlariga ham ta’sir qilmoqda. Neft narxlari yana o‘sishni boshladi, Hurmuz bo‘g‘ozi atrofidagi noaniqlik esa global iqtisodiy xavotirlarni kuchaytirmoqda. Ekspertlar fikricha, agar muzokaralar natija bermasa, harbiy to‘qnashuv qayta boshlanishi mumkin.
Musulmon Ziyo, O‘zA