AQSH demokratlari Trampdan Isroilning yadroviy maqomini oshkor qilishni talab qilmoqda
Qo‘shma Shtatlar Vakillar palatasidagi bir guruh demokratlar Tramp ma’muriyatiga Isroilning yadroviy dasturini rasman tan olishni so‘rab murojaat qilishdi, deb yozdi “The Washington Post” gazetasi.
Tashabbus mualliflarining ta’kidlashicha, Eron bilan keskinlik sharoitida Vashington xavflarni baholash va ehtimoli bo‘lgan urushning oldini olish uchun ko‘proq shaffoflikka muhtoj.
Kongressmenlar Davlat departamentidan Isroilning yadro yoqilg‘isi aniq qayerda ishlab chiqarilishigacha bo‘lgan batafsil hisobotni talab qilmoqda.
S.Rahimov, O‘zA