Aqidaxon Axtamova Paraosiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatgan holda chempionga aylandi
"Aichi–Nagoya–2026" Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston para sportchilarimiz bugungi kunni ham yuqori natijalarga erishgan holda davom ettirmoqda.
Jumladan, para pauerlifting bo‘yicha ayollar o‘rtasida 55 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan Aqidaxon Axtamova finalda 128 kilogramm toshni ko‘tarib, musobaqa rekordini o‘rnatdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Ayni damga kelib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 33 taga yetdi. Hamyurtlarimiz hozirga qadar 8 ta oltin, 15 ta kumush va 10 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA