APP: Pokiston olimiga O‘zbekiston universitetining faxriy professori unvoni berildi
APP (Associated Press of Pakistan) axborot agentligi Qarshi shahridagi Iqtisodiyot va pedagogika universiteti tomonidan Pokiston Sind qishloq xo‘jaligi universiteti professori Muhammad Ismoil Kumbharga faxriy professor unvoni berilgani haqida xabar berdi.
Qayd etilishicha, olim mazkur unvonga qishloq xo‘jaligi ta’limi, qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish va iqlim o‘zgarishiga moslashgan dehqonchilik sohalaridagi xizmatlari uchun sazovor bo‘lgan.
Sind qishloq xo‘jaligi universiteti rektori Altaf Ali Siyal ushbu e’tirofni Pokiston va universitet uchun muhim yutuq deb baholagan. Muhammad Ismoil Kumbhar O‘zbekiston universiteti jamoasiga minnatdorlik bildirigan.
APP agentligi mazkur e’tirof O‘zbekiston va Pokiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishini qayd etgan.
D.HAKIMOV,
O‘zA