Anorboy ota Jalilov: tinchlik - qadri ulug‘, bebaho ne’mat (+video)
Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.
Bugun 101 yoshni qarshi olgan Anorboy ota Jalilovning yigitlik chog‘lari ham ayovsiz janglar, urush mashaqqatlari bilan o‘tdi.
Albatta, bugungi tinch va osoyishta hayotimizda Anorboy ota kabi fidoyi insonlarning hissasi bor. Ularning boshidan kechirgan sinovlari va umr yo‘li biz uchun ibrat maktabidir. Ularni e’zozlash va hurmat-ehtirom ko‘rsatish esa bugungi avlodlar uchun farz va qarzdir!
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2fxRkIkdaq8" title="Anorboy ota Jalilov: tinchlik - qadri ulug`, bebaho ne’mat " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA