
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida “Sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohasida erishilgan ilmiy yutuqlar, muammolar va ularning yechimlari, ishlab chiqarish bilan integratsiya” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda bir qancha maqsadlarda tashkil etildi.

Xususan, O‘zbekistonda va xorijda sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohalarida so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va ularning natijalari haqida fikr almashish nazarda tutilgan. Shuningdek, sohadagi mavjud muammolar va ularning ilmiy yechimlari hamda istiqboldagi rejalarni belgilash va tavsiyalar ishlab chiqish maqsad qilingan.
Tadbirda soha mutaxassislarining ma’ruzalari tinglandi.

Ma’ruzalar va ko‘rgazmali dala seminari davomida bildirilgan taklif va xulosalar asosida sabzavot, poliz va kartoshkachilik holati, muammolaridan kelib chiqqan xolda sohani rivojlantirish istiqbollari uchun xar tomonlama tahliliy takliflar ishlab chiqildi. Anjuman ishtirokchilarining ma’ruzalar to‘plami chop etiladigan bo‘ldi.
M.Qosimova, O‘zA