Anjidonda maxsus fermalar tashkil etiladi
Bir oy muddatda Andijonda naslli chorvachilik, parrandachalik va quyonchilikni mahalliy sharoitlarga moslashtiruvchi maxsus fermalar tashkil etiladi.
Bir oy muddatda Andijonda naslli chorvachilik, parrandachalik va quyonchilikni mahalliy sharoitlarga moslashtiruvchi maxsus fermalar tashkil etiladi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan, Andijon viloyat hokimligi manfaatdor vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari, O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki bilan birgalikda bir oy muddatda naslli chorvachilik, parrandachalik va quyonchilikni mahalliy sharoitlarga moslashtiruvchi maxsus fermalarni tashkil etadi.
Mazkur fermalarga chet eldan mahsuldorligi yuqori bo‘lgan nasldor qoramol, echki va quyon zotlarini olib kelish, ko‘paytirish hamda viloyatning tabiiy-iqlim sharoitlariga mos zotlarini yaratish, mollarni sun’iy qochirishning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish;
mazkur fermalarda mahalliy sharoitga moslashtirilgan nasldor qoramol, echki va quyon zotlarining ko‘rgazmalarini tashkil etish va aholi xohishiga asosan ularni tanlov asosida maqbul narxlarda sotib olinishiga zamin yaratish;
aholiga maxsus fermalardan sotib olingan chorva mollari, quyon va parrandalarni boqish texnologiyalarini batafsil tushuntirish va kelgusida har bir xonadonda mavjud chorva mollari va parrandalarni vaksinatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish, aholiga nasldor mollarni sun’iy qochirish va uzluksiz veterinariya xizmatlari ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirish;
sifatli omixta yem ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish borasida loyiha tashabbuskorlariga har tomonlama ko‘maklashish, aholining yillik ehtiyojini hisobga olgan holda omixta yem, vitaminlar, premikslar, qo‘shimchalar hamda veterinariya preparatlarini yetkazib berish;
yirik tadbirkorlarni jalb etgan holda sanoatlashgan chorvachilik klasterlarini tashkil etish choralari ko‘rish vazifasi yuklandi.