Angliya ligalarida darvozabonlarning vaqtni cho'zishiga qarshi yangi qoida joriy etilmoqda
Eksperiment yakunlarini Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) o'rganib chiqadi — agar ijobiy qaror qabul qilinsa, yangi qoida 2027/2028-yilgi mavsumdan boshlab butun dunyoda kuchga kirishi mumkin.
Angliya futbol ligalari darvozabonlarining simulyatsiyasiga qarshi yangi qoidani joriy qilmoqda: agar darvozabonga fizioterapevt yordami kerak bo'lsa, jamoa bir daqiqa davomida kamchilikda qoladi. Bosh murabbiy 10 soniya ichida maydonni tark etadigan o'yinchining nomini aytishi shart, aks holda jamoa sardori maydondan chiqarib yuboriladi. Istisno holatlar — jiddiy jarohatlar (miya chayqalishi, qon ketishi va hokazo) yoki o'yin to'xtatilmagan vaziyatlardir. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Eksperiment yakunlarini Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) o'rganib chiqadi — agar ijobiy qaror qabul qilinsa, yangi qoida 2027/2028-yilgi mavsumdan boshlab butun dunyoda kuchga kirishi mumkin.
Ushbu tashabbusga sabab bo'lgan voqealardan biri 2025-yil noyabr oyida yuz bergan edi: "Lids Yunayted" bosh murabbiy Daniel Farke "Manchester Siti" darvozaboni Janluiji Donnarummani ataylab simulyatsiya qilishda ayblagan — o'shanda "shaharliklar" hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Filip Fodenning goli evaziga "Lids"ni 3:2 hisobida mag'lub etgandi.