Andijonliklarga teng keladigani topilmadi
Andijon shahrida muaytay bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi yakunlandi.
Mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni o‘zlari qiziqqan sport turlari, jumladan, muaytayga jalb etish va bu orqali terma jamoa safini yangi nomlar bilan to‘ldirish maqsadida o‘tkazilgan kubok bahslarida 428 nafar ishtirokchi g‘oliblik uchun kurashdi.


Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan musobaqada umumjamoa hisobida Andijon viloyati vakillari mamlakat kubogiga ega bo‘ldi. Shuningdek, Samarqand viloyati o‘smirlari ikkinchi, farg‘onalik o‘smirlar esa uchinchi pog‘onadan joy oldi.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA