Andijonda “O‘zbekiston bog‘i” barpo etilmoqda
Mamlakatimizda e’lon qilingan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi “Dolzarb 40 kunlik” jarayonlariga Andijon viloyatida ham uyushqoqlik bilan kirishildi.
Andijon tumani adirliklarida tez fursatlarda “Yangi Andijon” shaharchasi bunyod etiladi. Ayni damda ushbu bahavo hududning 2 ming gektar maydonida “O‘zbekiston bog‘i”ni barpo etish ishlari boshlandi.
[gallery-4581]
Shanba va yakshanba kunlari ushbu maskanda viloyat ahli jam bo‘ldi. Jarayonda viloyatdagi ta’lim muassasalari, ijtimoiy, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi sohalari, qator tashkilot hamda shahar va tuman hokimliklari vakillari o‘zlariga ajratilgan maydonda manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tkazdi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA