Shu yil 15 may kuni Andijon shahrida yashovchi Yu.B. o‘ziga tegishli bo‘lgan “Jentra” rusumli avtomashina Andijon tumanining Bog‘ishamol dahasi hududida noma’lum shaxslar tomonidan olib qochib ketilganligi haqida viloyat ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilgan edi.

Shu vaqtning o‘zidayoq belgilangan tartibda o‘g‘rilangan mashinani qidirish, topish bo‘yicha tezkor guruh tuzilib, amaliy harakatlar boshlandi.

Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv va qidiruv harakatlari davomida noma’lum shaxs avtomashinani hodisa sodir bo‘lgan joydan Namangan viloyati yo‘nalishida harakatlanib, olib qochganligi aniqlandi.

Baliqchi tumani, Tumor MFY, Andijon ko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasidagi videokuzatuv moslamasi ko‘zdan kechirilganida, olib qochilgan “Jentra” rusumli avtomashinaga shu yerda gaz quyilganligi ma’lum bo‘ldi. Videoyozuvlar xolislar ishtirokida ko‘rilib, tegishli tartibda bayonnoma tuzildi va rasmiylashtirildi, o‘rganish uchun viloyat IIB EKBga taqdim etildi.

Ekspertiza ma’lumotnomasiga ko‘ra, mazkur avtomashinani boshqarib kelgan shaxs Buloqboshi tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan, vaqtincha ishsiz fuqaro Z.Z. ekanligi ma’lum bo‘ldi. Fuqaro topilib, u olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida uning tomonidan “Jentra” rusumli avtomashina olib qochilganligi hamda Namangan shahrining Paxtakor ko‘chasida qoldirganligi ma’lum bo‘ldi.

Aytilgan manzildan topilgan avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, bayonnoma tuzildi. Olib kelinib, egasiga topshirildi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Diyorbek Abdurazzoqov,

Andijon viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati rahbari, katta leytenant.

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda o‘g‘irlab ketilgan avtomobil egasiga qaytarildi