Andijonda arxiv sohasining yarim yillik faoliyati sarhisob qilindi
FOTOREPORTAJ
Andijon viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda soha mutaxassislari ishtirokida arxiv tizimida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlash va ularning butligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Hisobot davrida 152 ming 759 varaq hujjat ta’mirlanib, 3 ming 264 ta yig‘majild tikildi va muqovalandi.
Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlari ham izchil davom ettirildi. Joriy yilning birinchi yarim yilligida 56 ming 212 ta saqlov birligi raqamlashtirilib, 9 milliondan ortiq elektron kadr tayyorlandi. Shuningdek, tashkilotlardan 2 ming 676 ta saqlov birligi arxivga qabul qilindi.
[gallery-30385]
Matbuot anjumanida aholi va tashkilotlar murojaatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek, e.archive.uz axborot tizimini boyitish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar xususida ham ma’lumot berildi.
Qayd etilganidek, hisobot davrida arxiv muassasalari tomonidan ko‘rsatilgan pullik xizmatlar hajmi 2 milliard 65 million so‘mdan oshdi.
Tadbir yakunida jurnalistlar va blogerlarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan javob berildi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA