Anchelotti Neymarning mundialdagi debyutiga baho berdi
Braziliya milliy terma jamoasi guruh bosqichini 7 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunlab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Karlo Anchelotti JCH–2026 guruh bosqichining uchinchi turida Neymarning turnirdagi ilk o‘yini haqida fikr bildirdi.
Shotlandiyaga qarshi 3:0 hisobida yakunlangan bahsda Neymar zaxiradan maydonga tushib, 12 daqiqa harakat qildi.
“Neymar maydonga tushishga loyiq edi. U tiklanish jarayonida juda ko‘p mehnat qildi va mashg‘ulotlarda yuqori professionallik namoyish etdi”, — dedi Anchelotti.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya milliy terma jamoasi guruh bosqichini 7 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunlab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Marokash milliy terma jamoasi ham 7 ochko jamg‘ardi, biroq to‘plar nisbatiga ko‘ra ikkinchi bo‘ldi. Shotlandiya milliy terma jamoasi uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Gaiti milliy terma jamoasi guruhni ochkosiz yakunladi.