Anchelotti Braziliyaning mag‘lubiyatiga izoh berdi
Bizga yosh iste’dodlar va Braziliya futboliga kirib keladigan yuqori saviyadagi futbolchilar kerak.
Karlo Anchelotti JCH–2026 1/8 finalida Norvegiya milliy terma jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchrashuvga izoh berdi.
"Dastlab jamoamiz o‘yinni nazorat qilayotgandek tuyuldi va bir nechta xavfli vaziyatlar yaratdik. Biroq Norvegiya himoyada juda tartibli harakat qildi. Ularga qarshi haddan tashqari bosim qilish xavfli edi, chunki bu qarshi hujumlar uchun imkoniyat yaratishi mumkin edi.
Bizga yosh iste’dodlar va Braziliya futboliga kirib keladigan yuqori saviyadagi futbolchilar kerak. Umuman olganda, yomon o‘ynamadik, ammo bu futbol. Ba’zan mag‘lubiyatni ham qabul qilish kerak", — dedi Anchelotti.
Ma’lumot uchun, Norvegiya milliy terma jamoasi JCH–2026 chorak finalida Angliyaga qarshi maydonga tushadi.
Braziliya milliy terma jamoasi 1/16 finalda Yaponiya milliy terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Norvegiya milliy terma jamoasi Kot-d’Ivuar milliy terma jamoasini xuddi shu hisobda mag‘lub etgan edi.