Vatanimiz tarixidagi 21 yanvar sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1426 yil (bundan 595 yil oldin) – Amir Temur va Shohrux saltanatida xizmat qilgan dongdor amir G‘iyosiddin Shohmalik vafot etdi. Shohmalik vafot qilgach, uning jasadini Xorazmdan Mashhadga keltirib, Imom Rizoning qabri yoniga o‘zi qurdirgan maqbaraga dafn qilishdi. Shohrux mirzo uning o‘rniga o‘g‘li Nosiriddin sulton Ibrohimni xorazmshoh etib tayinladi.

Manbalarda qayd etilishicha, Amir Temur Shohmalikni yoshligidan tarbiyalagan, harbiy salohiyatni o‘rgatgan. U Amir Temurning yurishlarida faol qatnashgan, Sohibqironning eng ishonchli kishilaridan biri bo‘lgan. Shohmalik Amir Temur vafotidan so‘ng Xurosonda temuriyzoda Shohrux xizmatida bo‘ldi. Qariyb uch yil davomida hali yosh bo‘lgan Mirzo Ulug‘bekning Movarounnahrni boshqarishiga ko‘maklashdi. Keyinchalik umrining oxiriga qadar Xorazmni idora qildi.

Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa’dayn” asarida keltirilishicha, Amir Temur o‘z vaqtida Shohmalikning sadoqatli buyuk xizmatlarini qadrlab, juda ko‘p joylarni unga suyurg‘ol tarzida in’om qilgan. Shohmalik o‘ziga tegishli mulklarda madrasalar, xonaqohlar, masjidlar, rabotlar va hovuzlar kabi ko‘p xayrli qurilishlarni amalga oshirgan.

1528 yil (bundan 493 yil oldin) – Vilyam Rashbrukning qayd etishicha, Chandiriy qal’asini egallab turgan Mava hokimi Medini Raoga qarshi yurish boshlagan Bobur Chandiriy qal’asi ro‘parasida to‘xtab, qarorgoh qurdi. To‘plarni joylashtirish uchun qulay joylar tanlandi, qal’a devoriga chiqish uchun narvonlar va devor buzishga mo‘ljallangan anjomlar taxt qilib qo‘yildi. Isyonkor rajput sardorini yaxshilikcha taslim bo‘lishga chorlab, Bobur unga ancha yengil shartlar bilan sulh tuzishni taklif qildi. Biroq qaysar Medini Rao buni qo‘pollik bilan rad qildi.

1583 yil (bundan 438 yil oldin) – hijriy 990 yil zulhijja oyining yigirma ikkinchi kuni Buxoro xoni Abdullaxon II ning ukasi, Shibirg‘on viloyati hokimi Abdullatif sulton vafot etdi.

1918 yil (bundan 103 yil oldin) – Turkiston o‘lkasida g‘alla bilan erkin savdo qilish ta’qiqlandi. Xususiy mulk egalari tekinxo‘rlar deb e’lon qilinib, fuqarolik huquqlaridan mahrum qilindi.

1994 yil (bundan 27 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston-Tojikiston” hamdo‘stlik uyushmasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2020 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qildi. Qonunchilik palatasi Prezidentning O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi taqdimnomasini ko‘rib chiqib, Abdulla Aripovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri etib tasdiqladi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amir Temur eng ishonchli kishilaridan biri – Shohmalikka nimalar in’om qilgan?