Vatanimiz tarixidagi 17 yanvar sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1401 yil (bundan 620 yil oldin) – juma kuni Damashqdagi Umaviylar masjidida sohibqiron Amir Temur nomiga xutba o‘qildi.

1866 yil (bundan 155 yil oldin) – Turkiston viloyatining harbiy gubernatori o‘z "raport"ida Amir Temur kutubxonasini izlash bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rgani, xususan, Buxoroga Samarqand orqali qatnovchi toshkentlik savdogar boylarga, ehtimol Samarqandning qayeridadir yashirin yotgan Temur kutubxonasini qidirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini xabar qildi. Shu tariqa, Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olgan dastlabki davridanoq, podsho hukumati Sohibqironning kutubxonasini izlashga katta e’tibor berdi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, manbalarda Sohibqiron o‘zining Samarqanddagi saroyi – Ko‘ksaroyda ulkan kutubxona barpo qilgani haqida ma’lumotlar mavjud. Amir Temur unga dunyoning turli burchaklaridan noyob bitiklar, bebaho qo‘lyozmalarni to‘pladi. Ulardan foydalanish ustidan qattiq tartib o‘rnatdi. Munshiylik, xattotlik, bezak solish namunali ravishda yo‘lga qo‘yildi. Kutubxonadan olimu fozillar, mudarrislar, toliblar, umuman ijodkorlar, saltanat amaldorlari, ularning farzandlari keng foydalandilar. Shu tariqa Amir Temurning Ko‘ksaroy kutubxonasi boy ilm o‘choqlari sifatida mashhur edi.

Unda arab, turk, fors, lotin va boshqa tillarda 13,5 mingdan ziyod turli fanlarga oid kitoblar to‘plangani ma’lum. Sohibqiron qaysi mamlakatga yurish qilmasin, u yerdagi ilm ahli bilan suhbat qilishga, mavjud kitoblarni yig‘ishga intilgan. Ibn Sino (980–1037)ning Hamadondagi maqbarasini ziyorat qilgan va buyuk alloma asarlarini toptirib Samarqandga yuborgan.

1882 yil (bundan 139 yil oldin) – Qo‘qon xoni Xudoyorxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Nasriddinbek hijriy 1299 yil safar oyining yigirma to‘rtinchi kuni uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi. Nasriddinbek shayx Toshkentdagi Xovand Tahur mozoriga, ziyoratxonaning shimol tarafiga oldindan tayyorlab qo‘yilgan sag‘anaga dafn etilgan. Tarixchi Muhammad Solihxo‘janing “Tarixi jadidayi Toshkand” asarida yozilishicha, Nasriddinbek hayotligida shayx Xovand Tahur shaxsiga katta hurmat bilan qaragan va tez-tez shayx Xovand Tahur mozorini ziyorat qilib turgan.

1924 yil (bundan 97 yil oldin) – Xorazm Ishtirokiyun firqasi (partiyasi) ijroiya byurosi qaroriga binoan respublikada harbiy-inqilobiy qo‘mita tashkil qilindi. Unga Matkarim Abdusalomov raislik qildi.

1935 yil (bundan 86 yil oldin) – Buxoro viloyatidagi Jondor tumani tashkil etildi.

1938 yil (bundan 83 yil oldin) – 27 yoshli shifokor Matluba Muhamedova (1911–1998) “Germaniyaning ayg‘oqchisi Sattor Jabbor, aksilinqilobiy millatchilardan Cho‘lpon va Vosiq Muhamedovlar bilan yaqin munosabatda bo‘lgan va aksilinqilobiy she’rlar bitib, uni yashirin yo‘llar bilan tarqatib kelgan va aksilinqilobiy targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borgan” degan soxta ayblovlar bilan hibsga olindi.

Matluba Muhamedova O‘zbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD) uchlik komissiyasining hukmi bilan 17 mayda 10 yil qamoq jazosiga hukm qilingan. 1940 yil 26 fevralda SSSR Oliy Sudi jinoiy ishlar bo‘yicha sud kollegiyasi majlisida hukm bekor qilingan.

1992 yil (bundan 29 yil oldin) – Ekvatorial Gvineya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi.

1992 yil (bundan 29 yil oldin) – Vetnam va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatildi.

2019 yil (bundan 1 yil oldin) – “O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amir Temur buyuk qomusiy olim Ibn Sinoning asarlarini o‘qiganmi?