Allegri “Yuventus”ni tark etadi
Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri mavsum oxirida jamoani tark etadi.
Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri mavsum oxirida jamoani tark etadi. Bu haqida Turin klubi rasmiy sayti ma’lum qildi.
Ertaga klub prezidenti Andrea Anelli hamda Allegri ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Tadbir “Yuventus” bosh murabbiyining iste’fosiga bag‘ishlanadi.
Ta’kidlash joiz, “keksa sinora” Massimiliano Allegri qo‘l ostida 5 marotaba Italiya A Seriyasi, 4 marta Italiya kubogi hamda ikki bora mamlakat superkubogida zafar quchgan. Bundan tashqari, “Yuventus” ushbu mutaxassis bilan ikki marta UEFA Chempionlar ligasi finaligacha yetib bordi, biroq, har ikki safar ham ular Ispaniya grandlari “Barselona” va “Real Madrid”ga imkoniyatni boy berdi. Allegri Turin klubi boshqaruvida 269ta bahsda maydonga tushib, shundan 191tasida g‘alabaga erishgan.
“Yuventus” klubi rahbariyati yaqin orada Allegrining vorisi kim bo‘lishini rasman e’lon qiladi.