Alisher Navoiy qo‘lyozmalari Qozonda
Rossiyaning O‘zbekiston bilan do‘stlik va hamkorlik tashkilotining raisi Igor Krugov Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga tashrif buyurib, “Qozon to‘plamlarida Alisher Navoiy qo‘lyozmalari” nomli kitobni hadya qildi.

Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti yetakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori, professor Ilya Zaysev tomonidan nashrga tayyorlangan mazkur kitob Tatariston Milliy kutubxonasi, Qozon Federal universiteti kutubxonasi, Tatariston Davlat arxivi, Sharq davlat muzeyi xodimlari hamkorligida chop etilgan.

Katalogda nodir qo‘lyozmalardagi minatyurali va naqshinkor sahifalarning faksimil tarzdagi suratlari hamda Alisher Navoiy she’rlarning rus tilidagi tarjimasi bilan bog‘liq arxiv materiallaridan namunalar ham berilgan bo‘lib, bu nashr allomaning 580 yillik yubileyiga munosib armug‘on bo‘lgan.


O‘zA