Alisher Navoiy- g‘azal mulkining sultoni (+video)
9 fevral she’riyat mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy bobomiz tavallud topgan kun. Bu sana – millatimiz uchun haqiqiy adabiyot va ma’naviyat bayramidir!
Go‘zal iboralar, nozik his-tuyg‘ular tasviri ustasi bo‘lmish bu zot to‘g‘risida oddiygina qilib gapirish oson ish emas. Ko‘pgina adabiyotshunos olimlar uni Sharq osmonida charaqlab nur sochgan tong yulduziga o‘xshatishadi. Ulug‘ mutafakkir va o‘zbek shoiri Mir Alisher Navoiyning boy adabiy merosi o‘zining chuqur ma’noliligi, badiiy tasvirlarga nihoyatda boyligi sabab dunyo adabiyotidan munosib o‘rin egallagan.
G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodidan Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri ijodkorlari ijrosida bahramand bo‘lishingiz mumkin.
<iframe width="990" height="557" src="https://www.youtube.com/embed/aWMruc-Jass" title="Alisher Navoiy- gʻazal mulkining sultoni" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov (video), O‘zA