Alimov Akram Abdirashidovichning fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
"Chiziqsiz chegaraviy shartlar va manbaga ega nochiziqli diffuziya sistemalarini sonli modellashtirish" mavzusida
Alimov Akram Abdirashidovichning 05.01.07- "Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui" ixtisosligi bo‘yicha "Chiziqsiz chegaraviy shartlar va manbaga ega nochiziqli diffuziya sistemalarini sonli modellashtirish" mavzusidagi fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 23 sentyabr kuni soat 15:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4-uy. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Tel.: (990371)2460224
e-mail: rector@nuu.uz