Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan ota 15 sutkaga qamaldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining 2024-yil 10-may kungi ijro hujjatiga asosan qarzdor M.R.dan undiruvchi B.A.ning foydasiga uning qaramog‘idagi bir nafar farzandi ta’minoti uchun aliment pullarini undirish belgilangan.
Shunga qaramasdan, qarzdor aliment pullarini muntazam ravishda to‘lamay kelganligi oqibatida uning qarzdorligi deyarli 30 million so‘mni tashkil etgan. Shu sababli, Majburiy ijro byurosining Beruniy tuman bo‘limi bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Beruniy tuman sudiga yuborilgan.
Joriy yilning 12-avgust kuni o‘tkazilgan sud majlisida qarzdor O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-pirim 4-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri