Aliment pulini oldindan toʻlab berdi
Majburiy ijro byurosining Tuproqqalʼa tuman boʻlimi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari, qolaversa, targʻibot ishlari natijasida tomonlar kelishib, farzandi voyaga yetguniga qadar hisoblangan 91 million 245 ming 600 soʻm aliment pullari undiruvchi foydasiga naqd koʻrinishda undirib berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alimentlarni oldindan toʻlash, shuningdek, aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash boʻyicha garov shartnomasini tuzish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun alimentlarni oldindan toʻlash, shuningdek voyaga yetmagan bolalar, er (xotin), sobiq xotin (sobiq er) va boshqa mehnatga layoqatsiz shaxslar taʼminoti uchun aliment toʻlash majburiyatini taʼminlashda garov shartnomasini tuzish tartibi belgilangan.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Bogʻot tumanlararo sudining 2015-yil 17-fevraldagi sud buyrugʻiga asosan, Tuproqqalʼa tumanida istiqomat qiluvchi, qarzdor D.Masharipovdan uning sobiq turmush oʻrtogʻi, undiruvchi M.Abdullayeva foydasiga bir nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun har oylik ish haqi va daromadlarining toʻrtdan bir qismi miqdorida voyaga yetgunga qadar aliment undirish belgilangan.