Albaniya “TikTok”ni bir yilga yopdi
Kecha Albaniya Vazirlar Mahkamasi “TikTok”ni bolalar o‘rtasida zo‘ravonlikni targ‘ib qilayotganlikda ayblab, 12 oyga yopish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb yozdi CNN.
Mamlakat ta’lim vaziri Ogerta Manastirliu aytishicha, rasmiylar ota-ona nazorati, yoshni tekshirish va ilovaga alban tilini kiritish kabi tozalovchi tizimlar o‘rnatish bo‘yicha tarmoq bilan aloqaga kirishgan.
Ushbu qonun qabul qilinishidan oldin mazkur platformani yopish yoki cheklashni tavsiya qilgan yoxud yoqlagan" 65 000 ga yaqin fuqaro bilan 1300 uchrashuv o‘tkazilgan.
Bu harakat o‘tgan yili noyabr oyida "TikTok" ta’sirida janjal chiqib, bir o‘smir boshqasini pichoqlab qo‘ygandan keyin boshlangan.