Akbarov Nodirbek Askaraliyevichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Gruntlardagi to‘lqin jarayonlarini sonli modellashtirish va ularni algoritmlash xususiyatlari” mavzusida
Akbarov Nodirbek Askaraliyevichning 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui ixtisosligi bo‘yicha “Gruntlardagi to‘lqin jarayonlarini sonli modellashtirish va ularni algoritmlash xususiyatlari” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/2025.27.12.T/FM.10.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 15-iyul kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100125, Toshkent shahar, Do‘rmon yo‘li, 40-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
Tel.: (99855) 520-02-45, (99855) 520-04-46
e-mail: instmech@academy.uz