Akademik universitet laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov Andijon davlat universitetida bo‘lib, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi faoliyati, laboratoriyada yaratilgan shart-sharoitlar, innovatsion ishlanmalar va ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida universitet o‘quv-ilmiy laboratoriyasi rahbari, professor Raimjon Aliyev laboratoriyada amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy-innovatsion loyihalar, ularning amaliy ahamiyati, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha keng ma’lumotlar berdi.
Ayni paytda mazkur laboratoriyada ko‘plab ilmiy loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Sinov va tajribadan o‘tgan qator loyihalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar tayyorlangan.
[gallery-29864]
Akademik Shavkat Ayupov qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy ishlanmalarni yuqori baholab, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish borasidagi ishlar davlat tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlanishini alohida ta’kidladi.
F. Ubaydullayev,
Z.Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari.