Ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirilmoqda
Poytaxtimizda ajrim ko‘rsatkichi oshgan mahallalarda oilaviy munosabatlarni o‘rganish va ajrimlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Xususan, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i, Yangihayot tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasi a’zolari ishtirokida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbat o‘tkazildi.


Unda ajrim yoqasidagi oilalar hamda nikoh qurish arafasidagi yigit-qizlar, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Suhbat davomida oilalar kelishmovchiliklari o‘rganilib, vaziyat muhokama qilindi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan oilaviy qadriyatlar mustahkamligi, oila jamiyatning bir bo‘lagi ekani haqida tushuntirishlar berib o‘tildi.


G.Boboyeva, O‘zA