Aholiga ajratilgan gaz —şaxsiy manfaat uçun emas!
Bir kunda aniqlangan 1 160 kilogramm suyultirilgan gaz 58 ta xonadonning bir oylik ehtiyojini taʼminlaşi mumkin edi.
Yurtimizda, ayniqsa, tabiiy gaz tarmoği yetib bormagan hududlarda aholini suyultirilgan gaz bilan barqaror taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Davlat tomonidan gaz va gaz ballonlari öz vaqtida ajratilişiga qaramay, ayrim şaxslar aholi ehtiyoji uçun yönaltirilgan resurslardan şaxsiy manfaat yölida foydalanişga urinmoqda.
DXX, IIV, FVV, «Özenergoinspeksiya» hamda «Hududgaztaʼminot» AJ xodimlari iştirokida ötkazilgan nazorat tadbirlari davomida şunday holatlar foş etildi.
Birgina 9-noyabr kuni ötkazilgan tadbirlarda 7 ta holatda uşbu mahsulot solingan 249 ta gaz balloni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi.
Açinarlisi, aniqlangan holatlar orasida gaz taʼminoti tizimining ayrim xodimlari bilan boğliq qonunbuzilişlar ham bor. Xususan:
Qoraqalpoğiston Respublikasida «Amudaryo tumangaz» bölimi suyultirilgan gaz xizmati çilangari 104 ta gaz ballonini tegişli hujjatlarsiz, yonğin xavfsizligi qoidalariga zid ravişda saqlab kelgani aniqlangan.
Surxondaryo viloyatida «Şerobodtumangaz» taʼminoti bölimi haydovçisi öz yaşaş xonadonida 25 ta gaz ballonini saqlagani qayd etilgan.
Toşkent viloyatida «Quyiçirçiq tumangaz» bölimi gaz töldiriş şoxobçasining gaz ballon töldiruvçisi tomonidan 3 ta gaz balloni saqlangani aniqlangan.
Qonunbuzilişlar faqat tizim xodimlari faoliyatida kuzatilmagan.
Namangan şahrida yaşovçi, 1986-yilda tuğilgan şaxs keyinçalik aholiga sotiş maqsadida öz uyida 20 ta gaz ballonini saqlagan.
Qaşqadaryo viloyati Kasbi tumanida yaşovçi, 1974 va 1996-yillarda tuğilgan ikki nafar fuqaroning xonadonlarida jami 92 ta gaz balloni yonğin xavfsizligi qoidalariga zid ravişda saqlangani qayd etilgan.
Xorazm viloyati Xonqa tumanida yaşovçi, 1995-yilda tuğilgan şaxs mahalla hududidagi umumiy ovqatlaniş şoxobçasida gaz idoralariga tegişli, aholi uçun ajratilgan 5 ta gaz ballonidan noqonuniy foydalangani hujjatlaştirilgan.
Bu raqamlar ortida oilalarning kundalik ehtiyoji turibdi. Aholiga ajratilgan gazni noqonuniy saqlaş, qimmat narxda sotişga uriniş yoki boşqa maqsadlarga yönaltiriş uning belgilangan isteʼmolçilarga yetib borişiga tösqinlik qiladi.
Gaz ballonlarini xavfsizlik talablariga zid ravişda töplaş esa yonğin va portlaş xavfini oşirib, oila aʼzolari, qöşnilar va atrofdagi fuqarolar hayotiga tahdid tuğdiradi.
Aholi uçun ajratilgan resurs öz manziliga yetib borişi şart. Bunga erişişda masʼul idoralar nazorati bilan birga fuqarolarning eʼtibori va daxldorligi ham muhim.
Befarq bölmang! Gaz ballonlarining şubhali savdosi, noqonuniy töplanişi, xavfli şaroitda saqlanişi yoki aholiga ajratilgan gazdan boşqa maqsadlarda foydalaniş holatlariga guvoh bölsangiz, DXX “Call-markaz” ning 1520 qisqa raqamiga qönğiroq qilib, xabar bering. Şaxsingizning sir saqlanişi kafolatlanadi. Sizning öz vaqtida bergan xabaringiz aholi haqini himoya qilişga, qonunbuziliş va ehtimoliy fojianing oldini olişga xizmat qilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 20-oktabridan buyon respublika böyiça 370 ta holatda jami 9 455 ta gaz balloni noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan. Ulardagi suyultirilgan gaz miqdori 102 158 kilogrammni taşkil etgan.
ÖzA