Agrobank: talabalar oʻrtasida tanlov oʻtkazdi
Bugun yurtimiz oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning tanlagan kasbi boʻyicha yetuk mutaxassislar boʻlib yetishishi, kelgusida ularning moliya-bank sohasida faoliyat yuritishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bugun yurtimiz oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning tanlagan kasbi boʻyicha yetuk mutaxassislar boʻlib yetishishi, kelgusida ularning moliya-bank sohasida faoliyat yuritishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
2018 yil 22 noyabrda Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan “Tijorat banklari faoliyatidagi tizimli muammolar va ularni bank tizimi moliyaviy barqarorligiga hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga taʼsiri” mavzusidagi yigʻilishda tijorat banklari oldiga bir qator muhim topshiriq va vazifalar belgilab berilgandi.
Shu maqsadda “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan sohaga bilimli, shijoatli va tashabbuskor yoshlarni ishga jalb etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Agrobank oliy taʼlim muassasalarining iqtisodiyot, bank-moliya yoʻnalishi boʻyicha iqtidorli yoshlarni ishga jalb etish maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida tahsil olayotgan talabalar oʻrtasida tanlov oʻtkazdi.
Mazkur tanlov bankning mutaxassislari ishtirokida tashkil etilib, talabalarning moliyaviy-iqtisodiy va zamonaviy axborot texnologiyalari boʻyicha olgan bilim va koʻnikmalari sinab koʻrildi. Ular orasidan eng iqtidorli 15 nafari saralab olinib, ishga qabul qilindi.
Qayd etish joizki, endilikda yoshlar nazariy jihatdan olgan bilimlarini amaliyot bilan uygʻunlashtirgan holda tajribali Agrobank xodimlari bilan ustoz-shogird anʼanasi asosida faoliyat olib boradi.
Kelgusida yosh mutaxassislar nafaqat Agrobank taraqqiyotini yanada rivojlantirishga, balki yangi yutuq va marralarni zabt etishga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshishiga ishonamiz.
Sayt: www.agrobank.uz
Telegram: t.me/AgrobankChannel
Instagram: instagram.com/agrobank_uz
Feysbuk: fb.com/agrobankuzbekistan
Xayrulla Xoltoʻrayev, OʻzA
“Agrobank” ATB matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida