“AGMK” yoki "Nasaf" "F" guruhida o‘ynaydi
OFK kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston vakili (AGMK yoki "Nasaf") "F" guruhida "Oltin Asr" (Turkmaniston), "Xo‘jand" (Tojikiston) va "Oloy" (Qirg‘iziston) bilan o‘ynaydi.
Aniqroq aytganda, “AGMK” klubi "Al-Garafa"ga qarshi futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasi saralashida g‘alaba qozongan taqdirda, ushbu guruhdan "Nasaf" o‘rin oladi. Aksincha bo‘lsa, Mirjalol Qosimov shogirdlari ishtirokini OFK kubogida olib boradi, qarshiliklar xalqaro maydondan quruq qoladi.
Ma’lumot uchun, bu guruh o‘yinlari 14-20 may kunlari markazlashgan holda bo‘lib o‘tadi.