Agar Ispaniya Jahon chempionligiga erishsa, Rodri futbol tarixidagi noyob ro‘yxatdan o‘rin oladi
Rodri jahon chempionatida g'alaba qozonsa, uchta katta sovrinni birlashtirgan birinchi ispan bo'ladi.
Rodri “Oltin to‘p”, Jahon chempionligi va UEFA Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan atigi 11-futbolchiga aylanishi mumkin.
Bunday natijaga Bobbi Charlton, Gerd Myuller, Frans Bekkenbauer, Paolo Rossi, Zinedin Zidan, Rivaldo, Ronaldinyo, Kaka, Lionel Messi, Usmon Dembele erishgan. Qolaversa, Ispaniyalik futbolchilar orasida “Oltin to‘p” sohibi bo‘lganlar faqat Alfredo Di Stefano va Luis Suares Miramontes hisoblanadi.
Shu bois, agar Ispaniya Jahon chempionligini qo‘lga kiritsa, Rodri mamlakat terma jamoasi tarixida ushbu uchlik — “Oltin to‘p”, Jahon chempionligi va UEFA Chempionlar ligasi g‘olibligini birlashtirgan ilk futbolchi sifatida tarixga kiradi