Adolatni ulug‘lagan shoir
Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 131-umumta’lim maktabida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533-yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 131-umumta’lim maktabida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533-yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda jahon ilm-fani, adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, boy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etish borasida beqiyos ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.
Bobur nafaqat shoir, balki o‘z davrining tarixchisi, etnografi, o‘lkashunosi, geografi hamdir. U davlatchilikda vaqt me’yorlarini qayta ishlab chiqqan, pochta tizimiga tartib bergan va jamiyat uchun boshqa foydali ko‘plab islohotlarni amalga oshirgan. Uning ijodida adolat, vatanparvarlik, komillik sifatlari ulug‘lanadi.
Shoirning g‘azal va ruboiylari, san’at va madaniyatga oid risolalari bugun ham yoshlarning dunyoqarashini boyitish, ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilayotir.
Tadbirda Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qilib, mumtoz kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.