Fotoreportaj

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tadbirlar zalida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. E’tiborli jihati shundaki, ushbu tadbirga adliya tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning ustozlari taklif etildi. 

Tadbir avvalida, Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasiga kichik sayohat uyushtirildi. Mo‘’tabar ustozlarning shogirdlari qanday sharoitlarda mehnat faoliyatini olib borayotgani bilan tanishtirildi. 

Bayramda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Abdumannop Buriyev so‘z olib, hozirda nuroniylik gashtini surayotgan hamda faoliyatini davom ettirayotgan o‘qituvchilarga salohiyatli shogirdlar tarbiyalashdagi xizmati uchun minnatdorchilik bildirib, samimiy tilaklar izhor etdi. 

  – So‘nggi davrlarda yuridik odob-axloq qoidalari, kasb etikasi tizimda zaruriy ehtiyojga aylandi, - deydi Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Abdumannop Buriyev. – Xodimlarning mana shu kasb an’analariga amal qilishida maktabdagi boshlang‘ich fundamental ta’lim-tarbiya asosiy rol o‘ynamoqda. Axloqning fundamental qismini esa birinchi ustozlar bola ongiga singdiradi. Ularga har qancha ehtirom ko‘rsatsak, shuncha oz.

Keng jamoatchilik faol vakillaridan biri, taniqli ijodkor, filologiya fanlari doktori, professor-ustoz Siddiq Mo‘min o‘z chiqishida ustozlik maqomi, uning qadri va qimmati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Yig‘ilganlar bilan hayotiy tajribalarini o‘rtoqlashdi. 
Samarali faoliyati va fidoyiligi bilan ibrat namunasi bo‘lgan ustozlar munosib taqdirlandi. Ularga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA 

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya xodimlarining ustozlari sharaflandi