Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etiladi
Davlatimiz rahbarining “To‘lovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi (Agentlik) hamda uning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.
Agentlik to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Agentlikning to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi asosiy vazifalari aniqlashtirildi. Unga ko‘ra, agentlik to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi, shu jumladan, ushbu sohani nazorat qiladi va tartibga soladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik sohasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
To‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlari to‘liq raqamlashtiriladi, ortiqcha byurokratik tartib-taomillar soddalashtiriladi.
N.Abduraimova,
O‘zA