Adliya vazirligi: birinchi chorak muhokama qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida 2026-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda vazirning birinchi o‘rinbosari Amangeldi Prenov joriy yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar haqida keng ma’lumot berdi.
Ta’kidlanganidek, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan vazirlik, uning shahar va tuman bo‘limlariga kelib tushgan 2 ming 84 ta murojaatdan 1 ming 266 tasi qanoatlantirilgan. Sudlarga jami 542 million so‘mdan ortiq 309 ta da’vo ariza kiritilgan. Kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda, ularning aksariyatini mehnat, uy-joy, ijtimoiy himoya, davlat xizmatlari ko‘rsatish va fuqarolik holati aktlarini yozish sohalariga tegishli ekanligi aniqlangan.

Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 5 ming 61 holatda qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha 286 ta taqdimnoma, 22 ta ogohnoma kiritilgan. 169 ta davlat organi va tashkilotida o‘rganishlar o‘tkazilgan. Shundan 172 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan fuqarolarning 310 million so‘m mablag‘i to‘lab berilgan.
Vazirlik tomonidan huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasida yangi qabul qilingan 277 ta normativ-huquqiy hujjat tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha respublika hududidagi 121 ta davlat organi va tashkilotiga yetkazildi. Shahar va tuman adliya bo‘limlari tarkibida 17 ta Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etildi. Bugungi kunda ushbu markazlar tomonidan 20 ta davlat idorasi va tashkilotiga, 726 ta davlat umumta’lim maktabiga, 436 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga hamda 97 ta ko‘p tarmoqli markazlashgan va oilaviy poliklinikaga yuridik xizmat ko‘rsatilmoqda.
Yuridik xizmat ko‘rsatish sohasida hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 67 ta xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari, 220 ta advokatlik tuzilmasi ro‘yxatdan o‘tgan.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi idoralar tomonidan hisobot davrida 1 ming 919 ta qonunbuzilish holati sodir etilgan. Sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida davlat organlari faoliyatida 5 ta monitoring o‘tkazildi. Aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish va oldini olish maqsadida 9 ta taqdimnoma kiritildi. 90 nafar mansabdor shaxs va mas’ul xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida respublikada 17 ta davlat xizmatlari markazi hamda ularning olis hududlarda joylashgan 8 ta filiali faoliyat olib bormoqda. Ushbu markazlar tomonidan jami 349 mingdan ortiq davlat xizmati, shundan 166 mingdan ziyod xizmat onlayn tartibda ko‘rsatildi. Shuningdek, 4 ming 173 ta tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Anjuman davomida Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan “O‘zbekiston - yagona Vatan, qonunga itoatkor va huquqbuzarliklarga qarshi yoshlar - davlat kelajagi” shiori ostida Orolbo‘yida o‘tkazilayotgan targ‘ibot poyezdi tadbiri ishtirokchilari, guruh a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan to‘g‘risida ham ma’lumot berildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA