Adliya: bankdan 500 dollargacha valyutani hujjatsiz olish mumkin bo‘ladi
Adliya vazirligi tashabbusi bilan yangi idoraviy hujjat ishlab chiqildi.
2026-yil 8-mayda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi bu hujjat fuqarolarning banklardan valyuta sotib olishini yanada yengillashtirishga qaratilgan.
Endilikda mijozlar bankdan 500 AQSH dollarigacha bo‘lgan naqd chet el valyutasini pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatlarsiz olishlari mumkin.
Mazkur yangi tartib 3 oydan keyin kuchga kiradi.
Ma’lumki, amaldagi tartibga ko‘ra, ushbu summa 100 AQSH dollarini tashkil etadi.
N.Abduraimova, O‘zA