Adabiy-musiqali tadbir
Tadbir “Yangi Oʻzbekistonni ayollar bilan quramiz”, “Ayol madhini tarannum etgan asarlar” mavzusidagi adabiyot koʻrgazmasi bilan boshlandi.
Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon nomidagi kutubxonada 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Istiqlol ayoli” nomli adabiy-musiqali tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbir “Yangi Oʻzbekistonni ayollar bilan quramiz”, “Ayol madhini tarannum etgan asarlar” mavzusidagi adabiyot koʻrgazmasi bilan boshlandi.
– Oʻzbekistonda yashayotgan har bir ayol chin maʼnoda baxtlidir, – deydi Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi direktori Hafiza Karimova. – Mamlakatimizda xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash, ularni qadrlash, ogʻirini yengil qilish, yoshlarni har tomonlama sogʻlom va barkamol etib tarbiyalashda onalarga koʻmakdosh boʻlishga qaratilgan umummilliy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida jismoniy va maʼnaviy jihatdan sogʻlom, salohiyatli, Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir oʻgʻil-qizlar voyaga yetmoqda. Bu har bir ona, ayol uchun katta baxt.
Tadbirning ikkinchi qismida bahor, ayol, ona Vatanni madh etuvchi konsert dasturi namoyish etildi. Bir guruh faol ayollarga tashkilotchilar tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.