Abdurashidova Go‘zalxon Akrom qizining iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Paxta-to‘qimachilik klasterlarida moliyaviy natijalar hisobi va hisobotini takomillashtirish” mavzusida
Abdurashidova Go‘zalxon Akrom qizi 08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi bo‘yicha “Paxta-to‘qimachilik klasterlarida moliyaviy natijalar hisobi va hisobotini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent moliya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.17.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil 26 yanvar kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 60 A-uy.
Tel/faks: (99871) 234-53-34; faks: (99871) 234-46-26
e-mail: info@tfi.uz