Abduqodir Husanov "Manchester Siti" bilan Angliya kubogini qo‘lga kiritdi
"Uembli" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bitta gol o‘yin taqdirini hal qildi.
Angliya kubogining final bellashuvi yakuniga yetdi.
Hal qiluvchi bahsda Londonning "Chelsi" klubi "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushdi. "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bitta gol o‘yin taqdirini hal qildi. Bahsning 72-daqiqasida Antuan Semenyo Erling Xolandning pasidan so‘ng tovoni bilan Robert Sanches qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. Aynan shu gol "shaharliklar"ga mamlakat kubogini taqdim etdi.

Ushbu titul Abduqodir Husanov uchun joriy yildagi "Manchester Siti" bilan qo‘lga kiritilgan ikkinchi sovrin bo‘ldi. Bundan avval manchesterliklar Angliya Liga kubogida ham zafar quchgan edi.