Abdumalik Xalokov - XX Osiyo o‘yinlari g‘olibi
XX Osiyo o‘yinlarining boks bo‘yicha bahslari o‘tkazilmoqda.
Boks bellashuvlarining 60 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etgan Abdumalik Xalokov so‘nggi hal qiluvchi final jangida Jang Dongvan (Janubiy Koreya) ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi va O‘zbekiston delegatsiyasiga 18- oltin medalni keltirdi.
Darvoqe, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ernazar Sarsenbayev (-100 kg) Osiyo o‘yinlarining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 18 ta oltin, 21 ta kumush va 22 ta bronza, jami 61 taga yetdi.
Birozdan so‘ng, +90 kg. vazn toifasida hamyurtimiz Jahongir Zokirov qozog‘istonlik Aybek Oralbay bilan final bosqichida jang qiladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA