Abdullayev Baxtiyor Panji o‘g‘lining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Oliy ta’lim pedagoglarining axborot-kommunikativ kompetentligini takomillashtirish metodikasi (malaka oshirish kurslari misolida)” mavzusida
Abdullayev Baxtiyor Panji o‘g‘lining 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi metodikasi” (texnika) ixtisosligida “Oliy ta’lim pedagoglarining axborot-kommunikativ kompetentligini takomillashtirish metodikasi (malaka oshirish kurslari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Andijon davlat texnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.18.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 14-sentabr 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 170119, Andijon shahri, Boburshoh ko‘chasi, 56
Tel.: (99874) 224 08 08