Abdikulov Bolat Sabitkulovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Kesar kesishdan keyin yo‘ldoshning bachadon chandig‘iga o‘sib kirishi: tashxislash va jarrohlik amaliyotini muqobillashtirish» mavzusida
Abdikulov Bolat Sabitkulovichning 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya ixtisosligi bo‘yicha «Kesar kesishdan keyin yo‘ldoshning bachadon chandig‘iga o‘sib kirishi: tashxislash va jarrohlik amaliyotini muqobillashtirish» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.11.2013.Tib.114.01 Ilmiy kengashning 2025 yil 01 may kuni soat 13:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent sh., Mirza Ulugbek tumani, Mirzo Ulugbek kuchasi, 132A uy.
Tel.: (+99871) 263-78-14).
Faks: (+99871) 263-33-14).