A-373 avtomobil yoʻli yoqalab…
Toshqin natijasida zarar koʻrgan 12 ta aholi punktidan 11 tasi toʻliq, yana bittasi qisman, barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlandi.
Bundan bir hafta muqaddam Mirzaobod – Oqoltin tumanlari hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻli boʻylab yurganimizda, yoʻlning 11-12 kilometrlari suv toshqinidan jiddiy talofat koʻrganiga guvoh boʻlgan edik.
Toshkent shahri, Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari yoʻlsozlari tomonidan ushbu muammo qisqa fursatlarda bartaraf etilib, u yerga asfalt-beton qoplamasi yotqizilib, soʻngi tiklash ishlari amalga oshirilayotgan ekan.
Yoʻlning ikki tomonida suv toshqinidan hosil boʻlgan loyqa, koʻlmak va boshqa chiqindilarni tozalash, yoʻl jihoz va belgilarini qayta tiklash uchun qurilish sohasidan 175 texnika hamda 416 nafar yoʻlsoz taʼmirlash, tiklash, tozalash ishlarini olib bormoqda.
Viloyatning toshqin zarar yetkazgan hududidagi 24 ta koʻprikda diagnostika ishlari nihoyalab, tahlil natijalariga asoslanib “Toshkent koʻprik qurilish” korxonasi quruvchilari va Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari tomonidan qisqa fursatlarda bir nechta koʻpriklar qayta tiklanib, avtomobil va piyodalar qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
Toshqin natijasida zarar koʻrgan 12 ta aholi punktidan 11 tasi toʻliq, yana bittasi qisman, barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlandi. Elektr tarmoqlarini tiklash va taʼmirlash ishlari davom etmoqda.
Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 11 ta aholi punktida 66 kilometr gaz quvuri, 47 dona gaz taqsimlash qurilmasi hamda 7 ming 550 dona maishiy gaz ballonlariga zarar yetgan edi. Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida 50 nafar xodim va mutaxassis, 45 ta avtotransport vositasi jalb qilingan holda, aholini qiynayotgan muammoni qisqa fursatlarda bartaraf etgani tahsinga loyiq.
Xizmat safarimiz davom etadi...